Fidbek




Fidbek nima?
Sodda qilib aytganda, fidbek – bu kishining qilayotgan ishi to`g`ri yoki noto`g`ri ekanlgini unga ma`lum qilish. Albatta, bu juda ham soddalashtirib aytilgan ta`rif. Fidbekning turli xil batafsil ta`riflari bor. Juda chuqurlashmasdan shu bilan cheklanib qolamiz.

Fidbek qnday beriladi?
Har xil. Ba`zan o`gzaki, ba`zan yozma, ba`zida alohida, ba`zida umumiy tarzda, va hokazo. O`quvchininig intizomiga nisbatan fidbek berish mumkin, yoki uning o`zlashtirishiga nisbatan fidbek berilishi mumkin. Maqtov ham fidbek, tanqid ham fidbek. Imtihondagi baho ham fidbek, chunki uning yordamida ham bola to`g`ri yo`ldan borib, yaxshi o`zlashtiryaptimi, yoki aksinchami, bilib oladi. G`arb ta`limida keng tarqalgan fidbek turlaridan biri – bolaning imtihon qog`oziga bahodan tashqari izohlar yozish. Bu izohlarda o`qituvchi xatolarni batafsilroq tishuntirishi, turli maslahatlarni berishi, yaxshi imtihon topshirgani uchun bolani maqtashi mumkin.

Fidbek bermasa nima bo`ladi?
Fidbek yordamida o`quvchi o`z xatolarini anglaydi, ularni bartaraf etishga intiladi. To`g`ri berilgan fidbek o`quvchida yaxshi motivatsiya shakllanishiga olib keladi va kelasi ishlarini rejalashtirishga yordam beradi.

Fidbek qanday bo`lishi kerak?

1. Aniq
«Qattiqroq ishlashing kerak», «ko`proq o`qi», «yaxshi tayyorlanmabsan» emas, aynan nimada xatolik bor, qaysi qoidada adashdi, qayerida qoyilmaqom ish bajardi – shuni ko`rsatish kerak. Bu ham maqtovga, ham tanqidga birday tegishli: umumiy, mujmal gaplardan qochish kerak.

2. Ruhlantiruvchi
Fidbekdan maqsad shunchaki xato uchun so`kish, yoki yutuq uchun maqtash emas, kelajak uchun zamin tayyorlashdir. Buni bola ham sezib turishi kerak.

3. Shaxsga emas, harakatga qaratilgan
«Yaxshi bola», «aqlli bola» emas, «yaxshi ish qilibsan», «yaxshi tayyorlanibsan» deyish ma`qulroq. Bu bolaning motivatsiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

4. Darhol
Iloji boricha tezroq, vaziyat unutilmasdan turib berilgan fidbek, vaqt o`tkazib berilgan fidbekdan ko`ra samaraliroq bo`lishi tekshiruvlar natijasida aniqlangan.



No comments:

Post a Comment

O'rganish va o'rgatish haqidagi blog

                       Shaxsiy blogimga xush kelibsiz! Bu yerda men pedagogikaga oid postlarimni jamlaganman. Ta'lim jarayoni haqid...