Uy vazifasi








Vazifaning o`ta ko`p miqdorda bo`lishi o`quvchining o`qishdan zerikishi, 

charchashi va turli asab buzilishlariga olib kelishi mumkin. Ko`pchilik olimlar 


tavsiya qilishadiki, bola yoshi qancha kichik bo`lsa, vazifa ham shuncha kam 


bo`lgani ma`qul. Hatto AQShning ayrim shtatlarida boshlang'ich sinf 


o`quvchilariga umuman uy vazifasi bermaslik amaliyoti joriy qilingan.




Uy vazifasi to`liq o`rganilmagan va bahsli masala. Ko`p tadqiqotlar uy 


vazifasining o`quvchi o`zlashtirishiga bevosita bog`liqligini isbotlay olmagan. 


Shunday bo`lsada, uy vazifasi muayyan bilvosita foydalarga ega deb o`ylayman.



Chunonchi,



1) Bolada mustaqil ishlash malakasini shakllantiradi;



2) Ota-onalarning o`qish jarayoniga faol aralashuviga imkon beradi;



3) Umuman olganda, vazifa qilish materialni yaxshiroq tushunish va xotirada 


uzoqroq qolishiga olib keladi. Chunki, uy vazifasi qilgan o`quvchi fanga 


ko`proq vaqt sarflagan bo`lib chiqadi. Bir narsa ustida odatda inson 

ko`proq bosh qotirsa, shu narsaga ko`proq yo`liqsa, o`sha narsa haqidagi 

tushunchalari ham oydinlashib boraveradi. Albatta, qilinayotgan ishning sifati 

birinchi o`rinda turadi, biroq ish miqdori ham o`ziga yarasha ahamiyatga ega.



Vazifa yordamida darsda berilgan tushunchalar mustahkamlanadi. Shuning 


uchun u iloji boricha amaliy topshiriqlardan iborat bo`lgani ma`qul. Vazifaning 


qiziqarli, bolaning bilim darajasiga mos bo`lishi uning samaradorligini oshiradi.


No comments:

Post a Comment

O'rganish va o'rgatish haqidagi blog

                       Shaxsiy blogimga xush kelibsiz! Bu yerda men pedagogikaga oid postlarimni jamlaganman. Ta'lim jarayoni haqid...