Ota-onalarning
o`quv jarayoniga jalb etilishi, ularni farzandining ta`limi va
hulq-atvori haqida muntazam xabardor qilib turish ko`p jihatdan
foydali. Xususan,
1)
o`quvchilarning o`zlashtirishini yaxshilaydi;
2)
intizomiy muammolarni bartaraf etishda yordam beradi;
3)
o`qituvchilarning o`z ishidan mamnunligini oshiradi.
Yoshi
kichikroq o`quvchilarda bu ta`sirlar yanada kuchliroq namoyon
bo`ladi.
Ota-onaning
o`quv jarayoniga haddan ziyod ko`p aralashuvi ham o`z navbatida
salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bu salbiylik birinchi navbatda
bolaning psixologik holatida ko`rinadi.
Ayrim
hollarda o`qituvchi oldiga janjalkash ota-onalar ham kelib turadi.
Ular bilan muomala jarayonida shuni yodda tutish lozimki, bunday
insonlar uchun janjal odatiy hayot tarziga aylangan va bunga o`xshash
janjallarda ular katta tajribaga ega. Shu bois, ular bilan
janjallashishdan o`zini iloji boricha olib qochgan ma`qul.
Ota-onaga
hech qachon bolasining shaxsiyatini yomonlamaslik kerak, faqat
ularning o`zini tutishini tanqid qilish mumkin. O`qituvchi huzuriga
kelgan ota-ona oldida o`zini kamtar tutmog`i lozim.
No comments:
Post a Comment